17:19 / 04.08.2015
9879

Rayhon Ulasenova san'atni botqoqlikka tenglashtirdi

Teatr va kino aktrisasi, “Aldangan ayol” filmidagi roli orqali tanilgan Rayhon Ulasenova “Oila davrasida” gazetasiga bergan intervyusida san'atni botqoqlikka tenglashtirdi.
“San'atni go‘zallik o‘chog‘i deb atashadi. Ammo men uchun san'at bir botqoqday gap. Unga bir botdingizmi, chiqib ketolmaysiz, tobora cho‘kib boraverasiz. Bir umr shu botqoqda yashashga mahkum bo‘lasiz. Botqoqda qanday jon saqlash o‘zingizga bog‘liq”, –
dedi u suhbat chog‘ida.
Bundan tashqari, 33 yoshli aktrisa san'at yo‘lini sovchilar tufayli tanlaganini aytib o‘tdi.

Top