13:13 / 05.08.2015
9953

Xorazmda elektr velosipedlar ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yildi

Qo’shko’pir Techno Impex MChJ 2015 yil boshidan buyon o‘zlashtirgan investitsiyalari hisobiga elektr quvvatida ishlaydigan velosipedlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi. Bu haqda “Pravda Vostoka” gazetasi yozmoqda.
Bu davr ichida 200ta model tayyorlandi. Ular allaqachon sotuvga chiqarildi.
Velosipedlar zamonaviy akkumulyatorli batareyalar bilan jihozlangan. Chiqarilayotgan mahsulot yoshu qariga birday mo‘ljallangan. Ayniqsa uch tezlikli sport velosipedlariga bo‘lgan talab yuqori.
Yil oxiriga qadar ishlab chiqarish quvvatini bir necha barobar oshirib, Qoraqalpog‘istonga mahsulot chiqarish rejalashtirilgan.
Ilgariroq Namanganda joylashgan Norin Mechanical Plant MChJ tomonidan shu turdagi velosipedlar ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yilganligi ma'lum qilingan edi.

Top