14:18 / 06.08.2015
1609

Afg‘oniston sharqidagi portlashda 6 kishi halok bo‘ldi

Afg‘onistonning sharqidagi Log‘ar viloyatida yuk mashinasining portlashi oqibatida 6 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Reuters agentligi xabar berdi.
Halok bo‘lganlarning 3 nafari askarlardir. Bundan tashqari, o‘nlab odamlar jarohat olgani aytilmoqda.
“Bomba ulkan edi, uni yuk mashinasida olib kelishgan. Portlash tinch aholiga katta zarar keltirdi, atrofdagi bir necha km masofada deraza oynalari sinib tushdi”, – dedi viloyat hokimi Olim Fido.

Top