12:24 / 06.08.2015
7668

Chikagodagi o‘zbeklar O‘zbekiston mustaqilligining 24 yilligini keng ko‘lamda nishonlashadi

Chikagolik o‘zbeklar O‘zbekiston mustaqilligining 24 yilligi munosabati bilan 30 avgust kuni Xinsdeyl shahridagi "Katherine Park"ga dala sayli(piknik)ga chiqishadi. U yerda bolalar va kattalar uchun turli o‘yinlar bo‘lib o‘tadi. O‘zbek milliy taomlar yarmarkasi bo‘ladi. Yarmarkadan tushgan daromad Chikagodagi o‘zbekistonlik amerikaliklar jamiyatiga ehson qilinadi. Saylga "O‘zbekiston do‘stlari" shiori ostida turli millat vakillari ham taklif qilingan.

Chikago Illinoys shtatining markazi hamda AQShdagi uchinchi eng katta shahar hisoblanadi. Illinoys shtatida taxminan 500-600 nafar o‘zbek istiqomat qiladi.
Quyida chikagolik o‘zbeklar avvalroq o‘tkazgan iftor hamda dala sayllaridan fotosuratlar keltirilgan.

Top