10:21 / 06.08.2015
3414

Lavrov Mogerini bilan Ukraina, Suriya va terrorchilikni muhokama qildi

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov YeI oliy vakili Federika Mogerini bilan Ukraina va Suriyadagi vaziyatni, shuningdek, terrorchilikka qarshi kurash masalalarini muhokama qildi.
Uchrashuv ASeAN konferensiyasi doirasida o‘tkazilib, bir soatcha davom etdi.
Shuningdek, Rossiya delegatsiyasi vakilining ma'lum qilishicha, uchrashuv davomida tomonlar noqonuniy migratsiya hamda Rossiya va YeI o‘rtasidagi aloqalar istiqbollarini muhokama qilishdi.

Top