10:16 / 06.08.2015
2192

Obama Polshaning sobiq prezidentiga Ukraina masalasidagi hamfikrlik uchun minnatdorchilik bildirdi

AQSh prezidenti Barak Obama Polshaning muddati yakunlangan prezidenti Bronislav Komorovskiyga Ukrainani qo‘llab-quvvatlagani uchun o‘z minnatdorchiligini bildirdi. Bu haqda RIA Novosti nashri xabar berdi.

"Obama Bronislav Komorovskiyga demokratik, ozod va tinch Yevropani yaratish yo‘lidagi xizmatlari, shuningdek Ukrainaning mustaqilligi va hududiy daxlsizligini qo‘llab-quvvatlagani uchun o‘z minnatdorchiligini bildirdi", deydi Polsha prezidentining matbuot kotibi Ioann Tshask Vechorek.

Uning aytishicha, Obama polyak xalqining jo‘shqinligi va harakatchanligini ham alohida etirof qilgan.

Top