14:40 / 06.08.2015
3474

Peterburgda 6ta mashinani olib qochib ketgan jinoiy guruh qo‘lga olindi

Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida avtomobillar olib qochish bilan shug‘ullangan jinoiy guruh qo‘lga olindi, deb xabar beradi IIV matbuot xizmati.
Politsiya ma'lumotlariga qaraganda, guruh 15 yoshli qiz, ikki kollej o‘quvchisi va 20 yoshli ishsiz yigitdan iborat bo‘lgan. Ular iyun oyida “UAZ” avtomashinasini o‘g‘irlab ketishgan. Shu ishni surishtirish natijasida guruh fosh etilgan.

Tergov davomida gumondorlar yana beshta avtomobil o‘g‘irlagani aniqlandi.
Ayni paytda mashinalar egalariga qaytarildi. Jinoiy guruh a'zolarining shahardan chiqib ketishiga taqiq qo‘yildi, endilikda ularga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.

Top