09:04 / 06.08.2015
3386

Qirg‘iziston YeIIning to‘laqonli a'zosiga aylandi

Qirg‘iziston Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqining to‘laqonli a'zosiga aylandi.
6 avgust kuni Qirg‘izistonning ittifoqqa qo‘shilishi haqidagi shartnoma kuchga kiradi. Shu tariqa, u ittifoqning beshinchi to‘laqonli a'zosiga aylandi.
Shunga qaramay, mamlakat hukumatining o‘zi hali tashkilotga a'zo davlatlarga chegaralarini ochib berish masalasini, xususan, bu ish amalga oshiriladigan muddatlarni hal qilgani yo‘q. Bojxona postlarining tugatilishi rasman bugun kutilmoqda edi, ammo tashkiliy masala tufayli marosim qoldirildi.
Bir necha kundan so‘ng bojxona postlari tugatilishi aytilmoqda. 11-12 avgust kunlari barcha rasmiyatchiliklar hal qilinishi aytilmoqda.
Qirg‘izistonning YeIIga a'zo bo‘lishi haqidagi shartnoma 2014 yil 23 dekabrida qabul qilingan edi. Ushbu shartnomani oxirgi ratifikatsiya qilgan davlat Qozog‘iston bo‘ldi – bu ish kecha, 5 avgust kuni amalga oshirildi. Shartnoma bayonnomalariga ko‘ra, shartnoma oxirgi ratifikatsiyadan boshlab kuchga kiradi. Endi bu boradagi nota xalqaro tashkilot kengashiga kelib tushishi kutilmoqda.

Top