08:03 / 06.08.2015
3690

Samarqand hokimiyati: tantanalar birovlarning tinchini buzmasligi kerak

Samarqand viloyat hokimiyatida oilaviy tadbirlar va to‘y tantanalarini o‘tkazishni tartibga solishga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Samarkandskiy vestnik” gazetasi yozmoqda.
Tadbirda hokim o‘rinbosarlari, tashkilotlar, muassasalar, korxonalar, oliygohlar rahbarlari va OAV xodimlari ishtirok etdi.
Tadbirda to‘y tantanalarini qisqartirish, “kamtarlashtirish” zarurligi ta'kidlanib, restoranlar va banket zallarida bunday turdagi tadbirlarni o‘tkazish muddatlari belgilab berildi: 7:00-9:00 va 12:00-14:00. Kechki tadbirlar 22:00ga qadar davom etishi kerak.
Shuningdek, bu boradagi qonunchilikning buzilishi hollarini aniqlash maqsadida muntazam ravishda reydlar o‘tkazadigan ishchi guruh tuzish haqida qaror qabul qilindi.

Top