09:55 / 06.08.2015
2992

Tennesidagi kinoteatrda "Telba Maks" filmi namoyishi vaqtida otishma sodir bo‘ldi

AQShning Tennesi shtatidagi kinoteatrlardan birida otishma sodir bo‘ldi. Bu haqda ABC News nashrida yozilgan.

Xabarda aytilishicha, otishma boshlagan shaxs uni qo‘lga olish operatsiyasi chog‘ida o‘ldirilgan. Uning yonidan pistolet va tomagavk topilgan.

Aniqlik kiritilishicha, bu voqea "Telba Maks" filmi namoyishi vaqtida ro‘y bergan.

Politsiya ma'lumotlariga ko‘ra, otishma vaqtida kinoteatrda bo‘lgan boshqa odamlar orasida halok bo‘lgan yoki jiddiy jarohatlanganlar yo‘q.

Top