10:47 / 07.08.2015
2357

"Formula-1" poygachisini uyida uxlatib qo‘yib, tunab ketishdi

Fransiya janubida noma'lum shaxslar "Formula-1" poygachisi Jyenson Batton va uning rafiqasi Jyessika Michibatu yashaydigan villaga o‘g‘rilikka tushib, uy egalarini gaz orqali uxlatgan holda ularni tunab ketishdi. Bu haqda The Sun nashrida yozilgan.

Politsiyaning ma'lum qilishicha, jinoyatchilar poygachining San-Tropedagi uyiga ventilyatsiya quvuri orqali kirishgan hamda uy egalariga uxlatuvchi gaz yuborishgan. Uy egalari uxlatib qo‘yilgach, jinoyatchilar bamaylixotirlik bilan uydan jami 300 ming yevro miqdoridagi boyliklarni olib ketishgan. O‘g‘irlangan buyumlar orasidagi Michibati xonimga tegishli uzuk narxi 250 ming yevroligi aytilgan.

"Bu usuldagi talonchilik keyingi 5 yil ichida ancha ko‘p kuzatilmoqda. Bu usulni o‘ta mohir va tajribali jinoyatchilar qo‘llashadi. Jabrlanuvchilar o‘zlarining tunab ketilganini kun o‘tgandan keyingina bilishgan. Jinoyatchilar uy egalari bo‘lgan xonada ularning uyg‘onmasligiga amin bo‘lgan holda harakat qilishgan", deydi San-Trope shahri politsiyasi vakili.

Top