18:31 / 07.08.2015
2816

Joze Mourino: "Chelsi"ga loyiq o‘yinchini 10 daqiqalik o‘yinidan aniqlay olaman

Londonning «Chelsi» klubi bosh murabbiyi Joze Mourino futbolchilarning jamoasida raqobatga dosh bera olish imkoniyatiga ega futbolchilarni o‘n daqiqada aniqlab olishini bildirdi.

«Tushuning, men murabbiyman. Ofis ishchisi emasman. Futbolchilar menga ishonch bilan «olg‘a» deya olishi kerak. Futbolchilar va agentlar: «O‘zimni ko‘rsatishim uchun menga beshta uchrashuv kerak», deb aytishni yaxshi ko‘rishadi.

«O, senga beshta ketma-ket uchrashuvlar kerakmi? Ajoyib! Senga beshta o‘yinmas, 10 daqiqa kerak. Shu o‘n daqiqa ichida sen menga tayyor yoki tayyor emasligingni ko‘rsatishing kerak. Zuma ketma-ket beshta uchrashuvda o‘ynamagan.

Kevin De Bryuyne va Andre Shyurrle kabi futbolchilarning «Chelsi» uchun zarur darajada yaxshi futbolchilar emasligi haqida gaplar noto‘g‘ri. Ular yetarlicha yaxshi futbolchilar. Ammo biz ularni sotdik, sababi futbolchilarning o‘zlari jamoada qolishni va asosiy tarkib uchun kurashishni istashmadi.

O‘z o‘zingiz ulardan nega klubdan ketishganini so‘rashingiz mumkin. Agar ular – Lukaku, De Bryuyne, Shyurrle, Salax – to‘g‘riso‘z bo‘lishsa, sizga haqiqiy raqobatni istashmaganini aytishadi. Ular bir qator yetakchi futbolchilar bilan asosiy tarkib uchun kurashishni istashmadi.

Misol tariqasida, Zumani ko‘rsatishim mumkin. U jamoamizga kerak ekanini isbotlay oldi va Jon Terrining 34, Gari Kexillning esa 30 yoki 31 yoshligini hisobga olganda, uni juda yorqin kelajak kutmoqda. Men uni o‘zi uchun qulay bo‘lmagan joyda ham har doim o‘ynashga tayyor ekanini ko‘rmoqdaman.

Hamma futbolchilar har xil. Shunchaki klub jamoada baxtli bo‘lmagan futbolchini olib qolishni istamaydi.
Ha, 10 daqiqa ichida Maradona uslubida – to‘pni qabul qilib olib, raqibning 10 nafar futbolchisini aldab – gol urish qiyin. Ammo bu futbolchidan nimadir kutishingiz mumkin degani emas. 10 daqiqada ko‘p narsa ko‘rsata olish mumkin. Ko‘p narsa», – deya Mourinoning so‘zlaridan iqtibos keltiradi «The Telegraph» nashri.

Top