23:00 / 07.08.2015
19842

Oqdaryolik ikki yigit salonda pulini to‘lamay Malibu sotib olishdi

Oqdaryolik Jasurbek Jo‘rayev va Dilshod Bekmurodovlar hujjatlarni soxtalashtirib, salondan Malibu rusumli mashina olib chiqib ketishdi. Bu haqda “Huquq” gazetasi axborot berdi.
Aytilishicha, yigitlar salondan mashina uchun to‘lov hujjatlarini olib, bankka borishgan, u yerdan ro‘yxatdan o‘tib, hisobchiga imzo qo‘ydirishgan, so‘ng to‘lov kvitansiyasini soxtalashtirib, hujjatlarni salonga taqdim etishgan va mashinani olib chiqib ketishgan.
Ammo bank xodimi to‘lov amalga oshirilimaganini payqab qolgan va o‘z vaqtida tegishli joyga xabar qilgan.
Ikki jinoyatchi javobgarlikka tortildi.

Top