21:25 / 08.08.2015
3127

APLning 1 turida yana to‘rt uchrashuv yakunlandi

Angliya chempionatining 1-turidan o‘rin olgan yana to‘rtta uchrashuv o‘z nihoyasiga yetdi. Bu uchrashuvlarning uchtasi mavsum debyutantlari ishtirokida o‘tkazildi.

Jumladan, “Everton” o‘z maydonida “Uotford” bilan durang o‘ynadi. O‘yinning so‘nggi daqiqalarida Aruno Kone tomonidan kiritilgan gol "irisgullar"ni mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi.

EvertonUotford 2:2 (0:1, 2:1)
Gollar: 0:1 – 14 Layyun, 1:1 – 76 Barkli, 1:2 – 83 Igalo, 2:2 – 86 Kone.
Everton – Xovard, Stounz, Gellouey (Kone, 63), Djagelka, Koulmen, Barkli, Berri, Miralyas (Ovedo, 77), Makkarti, Kleverli, Lukaku (Neysmit, 90).
Uotford – Gomes, Xolebas, Predl, Ketkart, Nom, Xurado (Igalo, 74), Layyun (Paredes, 59), Anya, Kapu, Bexrami (Uotson, 79), Dini.
Ogohlantirishlar: Dini (42), Koulmen (54), Xolebas (66).

“Aston Villa” safarda “Bornmut”dan ustun keldi. Jyested tomonidan 72-daqiqada kiritilgan gol, yakunda birmengemliklarga g‘alabani taqdim etdi.

BornmutAston Villa 0:1 (0:0, 0:1)
Gol: 0:1 – 72 Jyested.
Bornmut – Boruts, Elfik, Deniels, Frensis, Kuk, Pyu (Gradel, 69), Gosling (O`Keyn, 84), King (Kermorgan, 53), Ritchi, Serman, Uilson.
Aston Villa – Gyuzan, Bakuna, Klark, Amavi, Richards, Vertu (Sanches, 71), Guyye, Vestvud, Sinkleyr (Richardson, 78), Agbonlaxor, Ayyu (Jyested, 59).
Ogohlantirishlar: King (24), Kuk (42), Klark (45), Guyye (75), Gosling (80), Vestvud (90).

“Kristal Pelas” esa “Norvich” mehmoni bo‘ldi va Zaa hamda Dileynining gollari evaziga zafar quchdi.

Norvich – Kristal Pelas 1:3 (0:1, 1:1)
Gollar: 0:1 – 39 Zaa, 0:2 – 49 Dileyni, 1:2 – 69 Redmond, 1:3, - 90 Kabay
Norvich – Raddi, Djonson, Martin, Uittaker, Bassong, Tetti (Redmond, 54), Xauson, Dorrans (Xuper, 80), Xulaxan, Breydi, Grebben (Djyerom, 54).
Kristal Pelas – Makkarti, Denn, Suare, Uord, Dileyni, Panchon, Match (Yedinak, 72), Zaa (Bolazi, 72), Makartur, Kabay, Myurrey (Uikxem, 82).
Ogohlantirishlar: Tetti (23).

Turning hozircha gollarga boy bo‘lib turgan uchrashuvi "Lester" va "Sanderlend" o‘rtasida o‘tkazildi. Mezbonlar o‘yinning 25 daqiqasidayoq 3:0 hisobida oldinda borishayotgandi. O‘yin yakunigacha yana 3ta gol urildi va "Lester" 4:2 hisobida g‘alaba qozondi.

Lester – Sanderlend 4:2 (3:0, 1:2)
Gollar: 1:0 – 11 Vardi, 2:0 – 18 Marez, 3:0 – 25, penalti Marez, 3:1 – 60 Defo, 4:1 – 66 Olbrayton, 4:2 – 71 Fletcher.
Lester – Shmeyxel, Morgan, Xut, de Lat (Benaluan, 75), Shlupp, Drinkuoter, Marez (Fuks, 77), King, Olbrayton, Okadzaki, Vardi (Kante, 82).
Sanderlend – Pantilimon, Kabul, Koates, Djons (Mettyuz, 54), van Anxolt, Lens, Roduell, Kettermoul (Fletcher, 30), Larsson, Djonson, Defo.
Ogohlantirishlar: Roduell (17), Djons (42), Vardi (49), Kabul (73), Koates (85).

Top