09:50 / 09.08.2015
2756

Donald Tramp siyosiy maslahatchisini ishdan bo‘shatib yubordi

Milliarder Donald Tramp siyosiy masalahatchisi Rojyer Stounni ishdan bo‘shatib yubordi. Bu haqda uning saylov shtabi vakili CNN telekanaliga gapirib berdi.
“Mister Tramp Rojyer Stounni kecha kechqurun ishdan bo‘shatdi. Bizning kampaniyamiz muvaffaqiyat bilan olib borilmoqda, Rojyer esa bu orqali o‘ziga diqqat qaratishga intilmoqda. U haqda oxirgi paytlarda bir qancha maqolalar chiqdi, mister Tramp esa uning kampaniyasi AQShni yana buyuklikka olib chiqishga diqqat qaratishi lozim deb hisoblaydi”, – dedi saylov shtabi vakili.
O‘z navbatida, bir necha yil mobaynida milliarderning qo‘lida siyosiy maslahatchi bo‘lib ishlagan Rojyer Stoun Tvitterdagi sahifasi orqali aslida uning o‘zi Trampni ishdan bo‘shatganini yozdi.
Uning fikricha, milliarder muntazam ravishda uyushtirib turadigan janjallar saylov kampaniyasining asosiy yo‘nalishlari va bosh maqsadini soyada qoldirib kelmoqda.

Top