15:19 / 10.08.2015
3466

Epidemik vaziyatlar murakkablashganda O‘zbekistonga kirish punktlari tashkil etildi

O‘zbekiston hukumati tomonidan epidemik vaziyatlar kuchayganda va chegaradosh mamlakatlarda radiatsion, biologik va kimyoviy tahdidlar vujudga kelganda O‘zbekistonga kirish uchun punktlar tashkil etish bo‘yicha qaror tasdiqlandi.

Mazkur hujjatda quyidagi punktlar o‘rin egallagan:
Toshkent shahridagi xalqaro aeroport;
Termiz shahridagi daryo porti (Surxondaryo viloyati);
Keles temir yo‘l stansiyasi (Toshkent viloyati);

Quruqlikdagi chegara nazorat o‘tkazish punktlari: «Sariosiyo — avtoyo‘l» iva «Termiz — avtoyo‘l» (Surxondaryo viloyati), «Yallama — avtoyo‘l» va «Oybek — avtoyo‘l» (Toshkent viloyati), «Olot — avtoyo‘l» (Buxoro viloyati), «Do‘stlik — avtoyo‘l» (Andijon viloyati).
Hujjatda Sog‘liqni saqlash vazirligi Xalqaro tibbiy sanitar qoidalarni O‘zbekistonda joriy etish bo‘yicha milliy koordinator sifatida belgilandi.

Chunonchi, milliy koordinator xalqaro ahamiyatga molik favqulodda holatlar yuzaga kelgan taqdirda, 24 soat ichida Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti aloqa punktlarini respublika hududidagi barcha hodisalar haqida xabardor qilishni o‘z bo‘yniga oladi.

Shuningdek, u davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, vazirlik va idoralarni respublika hududini favqulodda vaziyatlardan himoya qilish, birinchi navbatda, epidemiologik nazorat, hisobot va o‘tish puntklari to‘g‘risidagi zarur axborotlar bilan ta'minlaydi.

Top