16:17 / 10.08.2015
2911

O‘zbekiston va Janubiy Koreya mudofaa vazirliklari xavfsizlik masalalarini muhokama qiladi

Toshkent shahrida O‘zbekiston va Janubiy Koreya Mudofaa vazirliklari mintaqaviy xavfsizlik va Shimoliy Koreya yadroviy dasturi masalalarini muhokama qiladi.

Yonhap axborot agentligining Janubiy Koreya milliy mudofaa vazirligi ma'lumotlariga asoslanib xabar berishicha, chorshanba kuni O‘zbekistonga vazirlikning Xalqaro siyosat bo‘yicha bosh direktori Yun Sun Gi tashrif buyuradi.

Agentlik “Mudofaa vazirliklari vakillarining mazkur muzokaralari O‘zbekiston bilan hamkorlik aloqalarining kuchayishiga xizmat qiladi”, deya vazirlik vakili so‘zlaridan iqtibos keltirib o‘tdi.

Top