17:54 / 10.08.2015
4946

Qirg‘iziston va Qozog‘iston chegarasidagi bojxona postlari faoliyati 12 avgust kuni to‘xtatiladi

Qirg‘iziston va Qozog‘iston chegarasidagi bojxona postlari faoliyati 12 avgust kuni to‘xtatiladi. Bu haqda Novosti-Kazaxstan agentligi Ostona bo‘yicha davlat daromadlari departamentining tushuntirish ishlari olib borish boshqarmasiga tayangan holda xabar bermoqda.

Qirg‘izistonning Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga to‘laqonli a'zo sifatida qo‘shilishi ittifoqning ichki chegaralarida bojxona rasmiyatchiligi, to‘lovlari va nazoratining bekor qilinishini ko‘zda tutadi. YeIIning asosiy hujjatiga ko‘ra, ittifoqqa a'zo beshta mamlakat hududida tovarlar, kapitallar, ishchi kuchi, xizmatlarning erkin harakatlanishi ta'minlanadi. Shuningdek, bojxona va tarif nazoratining umumiy qoidalari joriy qilinadi.

“O‘tgan yili Qozog‘iston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi tovar aylanmasi 900 mln dollardan ortib ketdi. Bizga asosan oziq-ovqat, tekstil, kimyo mahsulotlari va mineral xom ashyo kirib keladi. To‘lovlar va tekshiruvlarning bekor qilinishi bilan eksport va import ko‘rsatkichlari yanada o‘sadi”, – deyiladi matbuot xabarnomasida.

Top