15:18 / 11.08.2015
3770

«'»: Total rahbari o‘limi sababchisi o‘z aybiga iqror bo‘ldi

O‘tgan yilning oktabr oyida bortida Total neft kompaniyasi rahbari bo‘lgan samolyot bilan to‘qnashib ketgan qor kurovchi mashina haydovchisi advokatlari iltimosiga ko‘ra o‘z aybiga to‘liq iqror bo‘ldi, deb yozadi «Kommersant'» gazetasi.

Falcon 50 samolyotining halokatga uchrashi natijasida 4 kishi, jumladan, Kristof de Marjyeri ham halok bo‘lgan edi.

Ayblanuvchi Vladimir Martynenko uchish-qo‘nish yo‘lakchasiga dispecherlar ruxsatisiz chiqib qoidani buzganini e'lon qildi.

Uning advokati Aleksandr Karabanovning aytishicha, Martynenko ayblovni qat'iy tartib chorasi qo‘llanilishiga umid qilgan holda tan oldi. Bu unga jazo muddatini kamaytirish hamda yetti yillik qamoq jazosiga “ilinishi” uchun xizmat qiladi.

“Mening himoyamdagi shaxs amnistiyaning qariyb barcha toifalari toifasiga to‘g‘ri kelishi mumkin – u 50 yoshdan oshgan, jinoyat esa mutlaqo qasddan sodir etilmagan. Shu bois u besh yildan kam muddatga qamoq jazosini olishi uchun mehr-shafqatga to‘la loyiq”, deydi advokat.

Advokat, shuningdek, mazkur hodisaning boshqa ishtirokchilarini ham o‘z aybiga iqror bo‘lishga chaqirdi. Nashr o‘z axborot manbalarida tayanib xabar berishicha, ishning qolgan besh nafar ishtirokchisi bunga tayyor emas, qat'iy tartib chorasi esa faqatgina o‘z aybiga iqror bo‘lganlarga nisbatan qo‘llanilishi mumkin.

Top