18:52 / 11.08.2015
2259

Alves: Arda Turan kabi jahldor futbolchilar "Barselona"ga kerak

"Barselona" klubi himoyachisi Dani Alves "Atletiko"dan kataloniyaliklar safiga o‘tgan turkiyalik yarim himoyachi Arda Turan borasidagi fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Turon "Barselona" sharafini himoya qilishi biz uchun faxr. Afsuski, u Superkubok o‘yinida bizga yordam bera olmaydi. Uning maydonga tushishini sabrsizlik bilan kutamiz. Turan juda katta iqtidor va mahorat egasidir.
U fenomen. Men mashg‘ulotlar davomida u bilan ko‘p muloqot qildim va yaxshi tanib oldim. Bizga unga o‘xshash jon-jahdi bilan o‘ynaydigan futbolchilar juda kerak", - deydi Alves Goal.com nashriga.

Top