12:25 / 11.08.2015
3588

Foxconn Hindistonga 5 mlrd dollar sarmoya kiritmoqchi

Tayvanning Foxconn kompaniyasi Hindistondagi faoliyatini kengaytirish uchun sarmoya kiritadi.

Foxconn Technology Group yaqin besh yil ichida ilmiy tadqiqot markazi va Hindistonning Maxarashtra shtatida ishlab chiqarish korxonasini qurish uchun 5 mlrd dollar miqdorda mablag‘ sarflashni rejalashtirgan, deya xabar bermoqda Financial Times.

Ishlab chiqarish kompleksi Mumbay va Puna shtatlari oralig‘ida joylashadi. Buning natijasida 50 ming yangi ish o‘rni tashkil qilinadi.

Bu Foxconn kompaniyasining Hindistonda amalga oshirmoqchi bo‘layotgan ishlarning bir bosqichi vazifasini o‘taydi. Tayvan korxonasi: iPhone, iPad va Apple Watch, Amazon planshetlari, BlackBerry smartfonlari, Microsoft va Sony o‘yinlari ilovalari, Dell va Hewlett-Packard noutbuklari uchun mahsulotlar tayyorlab berishi bilan mashhur sanaladi.

Top