17:14 / 11.08.2015
4427

Germaniya janubi-sharqida AQSh qiruvchi samolyoti qulab tushdi

Germaniyaning janubi-sharqida AQShning F-16 rusumli qiruvchi samolyoti qulab tushdi. Bu haqda The Local nashri xabar bergan.

Ma'lum qilinishicha, halokat Bavariya yerining Bayroyt shahri yaqinida ro‘y bergan. Mashg‘ulotda qatnashayotgan vaqtda omadsizlikka uchragan samolyot uchuvchisi tirik qolgan, u parashyut orqali samolyotdan chiqishga ulgurgan.

Samolyot yerga qulagach, yona boshlagan, o‘t o‘chiruvchilar tezlik bilan yetib kelib, yong‘inni bartaraf qilgan. Taxmin qilinishicha, samolyot motorida kelib chiqqan texnik nosozlik halokatga sabab bo‘lgan.

AQSh Harbiy-havo kuchlari bu falokat haqidagi ma'lumotni tasdiqlagan.

Top