19:45 / 11.08.2015
3916

IHT muassasalarining yig‘ilishida terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash masalasi muhokama etiladi

11 avgust kuni Saudiya Arabistonining Jidda shahridagi Islom hamkorlik tashkiloti qarorgohida “Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash” mavzusida yig‘ilish o‘tkaziladi.

IHT tarkibidagi muassasalardan biri – Ta'lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha Xalqaro islom tashkiloti – ISESCO xabariga ko‘ra, mazkur yig‘ilishda, terrorizm va ekstremizmning asosiy sabablarini o‘rganish, terrorizmga qarshi kurashda yoshlarning o‘rni beqiyos ekani va bu borada ularga tushuntirish ishlarini olib borishning ahamiyati, borasida so‘z yuritiladi.

Shuningdek, yig‘ilishda terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashuvchi muassasalar faoliyatlarini yanada kuchaytirish hamda Islom hamkorlik tashkilotiga qarashli tashkilotlarning mazkur sohadagi hamkorliklarini muvofiqlashtirishga doir masalalar o‘rganib chiqiladi.

Tadbirda ISESCO`ning tashqi aloqalar va hamkorlik masalalari bo‘yicha mudiri, doktor Mustofo Ahmad Ali, terrorizmning turli ko‘rinishlariga qarshi kurashishda IHTning o‘rni hamda bu borada tashkilot tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar borasidagi ma'ruzasi bilan ishtirok etadi.

Top