21:01 / 11.08.2015
2589

Istanbulda "Fenerbahche" futbolchisi Mexmet Topalning mashinasi o‘qqa tutildi

Noma'lum shaxslar Istanbul shahrida "Fenerbahche" jamoasi futbolchisi Mexmet Topalning mashinasini o‘qqa tutishdi. Bu haqda Hyrriyet nashri yozmoqda.

Ushbu qurolli hujum 11 avgust kunining ikkinchi yarmida, futbolchi o‘z jamoadoshi Ugar Mert Zeybek bilan birgalikda mashg‘ulotdan qaytayotgan vaqtda ro‘y bergan. Futbolchining mashinasi o‘q o‘tkazmas qoplamaga ega bo‘lgani evaziga futbolchilarga shikast yetmagan.

Qayd etish joizki, "Fenerbahche" jamoasi futbolchilari ilk marta qurolli hujum nishoniga aylanishmayapti. Shu yilning aprelida ham "Fenerbahche" jamoasi Turkiya chempionati doirasidagi tur uchrashuvidan "Rizespor"ni 5:1 hisobida mag‘lub etib, Trabzonspor shahri aeroportiga qaytayotganida, futbolchilar o‘tirgan avtobusga ro‘paradan o‘q yog‘dirilgan va avtobus haydovchisi og‘ir jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizilgandi. O‘shanda ham futbolchilarga o‘q tegmagan.

Top