18:18 / 11.08.2015
2768

OPeK neft ishlab chiqarish hajmini oshirishda davom etmoqda

Neft eksport qiluvchi davlatlar tashkiloti (OPeK) neft ishlab chiqarish hajmini oshirishda davom etmoqda. Iyul oyi yakunlariga ko‘ra, ishlab chiqarish hajmi sutkasida 101 ming barrelga oshib, 31,51 mln barrelni tashkil qilmoqda. Bu haqda OPeKning oylik hisobotida bayonot berilgan.

Ishlab chiqarish hajmining oshishida Iroq, Eron, Nigeriya va Angola davlatlari asosiy rolni o‘tagan. OPeK ishlab chiqargan neft dunyo neft ishlab chiqarishining 33.3 foizini tashkil qilmoqda.

Tashkilotga a'zo mamlakatlar ichida neft ishlab chiqarish hajmining oshishi bo‘yicha Iroq yetakchilik qilmoqda. Ularning kunlik ish hajmi 149 ming barrelga oshib, 3,74 mln. barrelga yetgan. Nigeriyada bu ko‘rsatkich 1,72 mln.ga oshgan bo‘lsa, Saudiya Arabistoni, Qatar, Kuvayt va Venesuelada ishlab chiqarish hajmi pasaygan.

Top