Neft eksport qiluvçi davlatlar taşkiloti (OPeK) neft işlab çiqariş hajmini oşirişda davom etmoqda. Iyul oyi yakunlariga köra, işlab çiqariş hajmi sutkasida 101 ming barrelga oşib, 31,51 mln barrelni taşkil qilmoqda. Bu haqda OPeKning oylik hisobotida bayonot berilgan.

Işlab çiqariş hajmining oşişida Iroq, Eron, Nigeriya va Angola davlatlari asosiy rolni ötagan. OPeK işlab çiqargan neft dunyo neft işlab çiqarişining 33.3 foizini taşkil qilmoqda.

Taşkilotga a'zo mamlakatlar içida neft işlab çiqariş hajmining oşişi böyiça Iroq yetakçilik qilmoqda. Ularning kunlik iş hajmi 149 ming barrelga oşib, 3,74 mln. barrelga yetgan. Nigeriyada bu körsatkiç 1,72 mln.ga oşgan bölsa, Saudiya Arabistoni, Qatar, Kuvayt va Venesuelada işlab çiqariş hajmi pasaygan.