09:22 / 11.08.2015
6010

Toshkentda Pushkin haykali joyidan ko‘chirildi

Toshkentda joylashgan Pushkin haykali joyidan olindi. Uni yangi joyga o‘rnatishga tayyorgarlik ko‘rilmoqda.

Haykal demontaji 10 avgust kuni soat 16:00da boshlandi. Soat 20:30da u postamentdan tushirilib, yuk mashinasida olib ketildi. Bu haqda "Gazeta.uz" nashri xabar bergan.

Kecha haykal Shota Rustaveli va Bobur ko‘chalari kesishuvida joylashgan maydonga ko‘chirilishi haqida axborot berilgan edi.

Yangi joyga o‘rnatilishidan oldin haykalning qoplamasi va asosi restavratsiya qilinadi.

Haykal 1974 yili buyuk rus shoirining 175 yillik yubileyi munosabati bilan o‘rnatilgan edi.

Top