22:00 / 11.08.2015
1707

Xalqaro Olimpiya qo‘mitasining sobiq bosh direktori FIFAning islohotlar bo‘yicha ishchi guruhi rahbari bo‘ldi

Xalqaro Olimpiya qo‘mitasining sobiq bosh direktori Fransua Karrar FIFAning islohotlar bo‘yicha mustaqil ishchi guruhi rahbari etib tayinlandi, deb ma'lum qilinmoqda FIFAning rasmiy saytida.    

1989–2003 yillar mobaynida XOQning bosh direktori lavozimida ishlagan shveysariyalik Karrar oltita futbol uyushmasi bilan maslahatlashuvdan keyin tayinlandi. Futbol uyushmalarining har biri islohotlar bo‘yicha qo‘mitaga ikkitadan vakil tayinlaydi. Guruh yarim yil ichida islohotlar paketini ishlab chiqadi va FIFAning 2016 yil 26 fevraldagi konressigacha uni taklif qiladi. Islohotlar bo‘yichka qo‘mita 24-25 sentabr kunlari FIFA ijroiy qo‘mitasi oldida hisobot beradi.  

Top