08:27 / 12.08.2015
2204

Alves o‘zining to‘qqizinchi yevrokubogini qo‘lga kiritdi

"Barselona" jamoasi 11 avgust oqshomida Tbilisi shahrida o‘tkazilgan Yevropa Superkubogi uchun o‘yinda "Sevilya"ni 5:4 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Bu g‘alabadan keyin kataloniyaliklarning braziliyalik himoyachisi Dani Alves o‘zi g‘alaba qozongan yevrokubok o‘yinlari sonini 9taga yetkazdi. U bungacha 3 marta YeChL finalida, 2 marta UYeFA Kubogi finalida va 3 marta Yevropa Superkubogi finalida g‘alaba qozongandi.

Shu tariqa, Alves bu boradagi rekordchilar "Milan"ning sobiq himoyachisi Paolo Maldini (5ta YeChL/Yevropa chempionlari kubogi, 4ta Yevropa Superkubogi) hamda "Ayaks"ning sobiq futbolchisi Ari Xan (3 marta Yevropa chempionlari kubogi, 2 marta Kubok egalari kubogi va 4 marta Yevropa Superkubogi) bilan tenglashib oldi.

Top