18:06 / 12.08.2015
3186

Bojxona xodimlari tomonidan yarim milliard so‘mlik tovar davlat egaligiga o‘tkazildi.

Buxoro viloyatida Bojxona xodimlari tomonidan yarim milliard so‘mlik tovar davlat egaligiga o‘tkazildi.

«Xo‘jadavlat» temir yo‘l chegara bojxona posti xodimlari tomonidan, BAAning «HIGH LINE AUTO SPARE PARTS TRADING LLC» firmasidan yuk qabul qiluvchi xususiy tadbirkor Komil Farmonov (ism-sharifi o‘zgartirilgan) nomiga 5050192 raqamli konteynerda kelgan yuklar bojxona nazoratidan o‘tkazilganida, yuk kuzatuv hujjatlarida ko‘rsatilmagan, umumiy qiymati 507.168.400 so‘mlik bo‘lgan 253 turdagi tovar (avtomashina ehtiyot qismlari, avtoshina, parfyumeriya mollari, uy-ro‘zg‘or buyumlari, suv nasoslari, bolalar pampersi, oshxona jihozlari, elektr isitgichlar, suvenir buyumlar, choy va boshqa turli xildagi tovar)lar borligi aniqlandi. Bu haqda Buxoro viloyat bojxona boshqarmasi axborot xizmatiga asoslanib, "Telegraf.uz" nashri xabar bergan.

Mazkur holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari va surishtiruv ishlari olib borilib, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 182-moddasi 2-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan umumiy qiymati 507.168.400 so‘m bo‘lgan tovar moddiy boyliklari davlat egaligiga o‘tkazildi. Yuk egasiga muqarrar jazo ta'minlandi.

Top