08:04 / 12.08.2015
2338

Erdo‘g‘an Turkiya xavf bartaraf etilmaguncha terrorchilar bilan kurashishini ma'lum qildi

Turkiya mamlakat hududidagi terrorchilik guruhlari to‘liq bartaraf etilmagunga qadar faol choralar ko‘radi, deb aytdi Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an.

“Biz terrorchilar (Kurdiston ishchi partiyasi) mamlakat ichida ham, tashqarisida ham katta talofat ko‘rganini bilamiz. Biz xavfsizligimizga xavf solayotgan “IShID”ga qarshi operatsiyalar o‘tkazmoqdamiz. Bu guruhlar orasida hech qanday farq yo‘q – terrorchi hamma yerda terrorchi. Biz bu xavf to‘liq barataraf etilmagunga va Turkiyada birorta ham terrorchi qolmaguniga qadar kurashni davom ettiramiz”, deb aytdi mamlakatning bosh shtabi boshlig‘i, general Najot O‘zelga mukofot berayotgan paytda Erdo‘g‘an.
Erdo‘g‘an “kurol ovozi o‘chishini emas, undan voz kechilishini” talab qilmoqda.

Top