09:44 / 12.08.2015
2219

Eron tashqi ishlar vaziri: Livan dinlarning hamkorligi va terrorchilikka qarshi kurash namunasidir

Livan dinlarning hamkorligi va terrorchilikka qarshi kurash yonma-yon olib borilayotgan davlat namunasidir. Bu haqda Eron tashqi ishlar vaziri Muhammad Javod Zarif aytib o‘tdi.
Seshanba kuni kechasi Zarif Bayrutga ikki kunlik safar bilan keldi. Tashrif chog‘ida uning parlament spikeri Nabih Berri va tashqi ishlar vaziri Jabron Basil bilan uchrashuvi rejalashtirilgan. Uchrashuvlarda Livandagi vaziyat, Suriyadagi ixtilof va Eron yadroviy dasturi bilan bog‘liq masalalar muhokama qilinadi.
“Har bir inson ushbu davlatni dinlarning hamkorligi va terrorchilikka qarshi kurash uyg‘unligi namunasi sifatida tan olishi kerak. Eron Livan xalqi tomonida turib, uning manfaatlarini himoya qilgan holda turli sohalarda faoliyat olib boradi”, – dedi Zarif Livan bosh vaziri Tamom Salom bilan uchrashuv chog‘ida.
Shuningdek, Zarif Salomning terrorchilikka qarshi kurashga ishtiroki mamlakatning tinchligi va barqarorligini ta'minlaganini ta'kidladi.

Top