01:54 / 12.08.2015
2524

IKEA do‘konidagi qotillikdan keyin do‘konda pichoqlar sotilishi to‘xtatildi

Shvetsiyaning Vesteros shahridagi IKEA do‘konida 10 avgustda bir erkak sotuvga qo‘yilgan pichoq bilan do‘konga kirgan 2 kishini o‘ldirdi. Shu tufayli do‘konda barcha pichoqlar sotiilishi to‘xtatildi, deb xabar bermoqda VLT portali. Bu haqda do‘kon menejyeri Mattias Yoxansson ma'lum qildi.  

Yoxanssonning aytishicha, bu qaror uning butun dunyo bo‘ylab hamkasblari tomonidan qo‘llab-quvvatlandi. Yoxansson o‘sha kuni yopib qo‘yilgan do‘kon 12 avgustda ochilishini ma'lum qildi. 

Avvalroq IKEA do‘konidagi qotillik bo‘yicha shved politsiyasi 23 va 35 yoshli ikki nafar erkak kishini qo‘lga olgani ma'lum qilingandi.  

Top