09:26 / 12.08.2015
2741

O‘zbekistonda keramik toshtaxtalar ishlab chiqarish 2020 yilga borib 1,5 barobarga ortadi

Qurilish ishlarida qo‘llaniluvchi keramik toshtaxtalar ishlab chiqarilishi O‘zbekistonda 2020 yilga borib qariyb 1,5 barobarga ortadi. Mazkur turdagi qurilish ashyosi 2015 yilda 7,8 million kvadrat metr hajmda ishlab chiqarilishi kutilayotgan bo‘lsa, 2019 yilda 11.5 mln kvadrat metrga yetishi rasman ma'lum qilindi.

Ushbu raqamlar “2015-2019 yillarda ishlab chiqarishni tarkibiy o‘zgartirish, modernizatsiya va diversifikatsiya qilishni ta'minlash bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi”da belgilangan.

Ayni paytda keramik toshtaxtalarni asosan 2010 yili Sirdaryo viloyatida 12,3 mln dollarlik sarmoya hisobiga ish boshlagan “Peng Sheng” o‘zbek-xitoy qo‘shma korxonasi yetkazib bermoqda. Bugungi kunda korxonada yiliga 4 mln kvadrat metr hajmdagi kerakmik toshtaxtalarni ishlab chiqariladi. Yana bir yirik korxona esa 2015 yilda “Jizzax” EIZda ishga tushirilishi belgilangan, umumiy qiymati 19 mln dollarni tashkil etuvchi «Italceramica» MChJ hamda «CITI B&T» Italiya kompaniyasi ham sirlangan va bezakli keramik toshtaxtalar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi. Mazkur sex yiliga 3 mln kvadrat metr mahsulot ishlab chiqarishga mo‘ljallangan.

O‘zbekiston ichki bozorida keramik toshtaxtalarga bo‘lgan yillik talab esa taxminan 10 mln kvadrat metrni tashkil etadi.

Top