Quriliş işlarida qöllaniluvçi keramik toştaxtalar işlab çiqarilişi Özbekistonda 2020 yilga borib qariyb 1,5 barobarga ortadi. Mazkur turdagi quriliş aşyosi 2015 yilda 7,8 million kvadrat metr hajmda işlab çiqarilişi kutilayotgan bölsa, 2019 yilda 11.5 mln kvadrat metrga yetişi rasman ma'lum qilindi.

Uşbu raqamlar “2015-2019 yillarda işlab çiqarişni tarkibiy özgartiriş, modernizatsiya va diversifikatsiya qilişni ta'minlaş böyiça çora-tadbirlar dasturi”da belgilangan.

Ayni paytda keramik toştaxtalarni asosan 2010 yili Sirdaryo viloyatida 12,3 mln dollarlik sarmoya hisobiga iş boşlagan “Peng Sheng” özbek-xitoy qöşma korxonasi yetkazib bermoqda. Bugungi kunda korxonada yiliga 4 mln kvadrat metr hajmdagi kerakmik toştaxtalarni işlab çiqariladi. Yana bir yirik korxona esa 2015 yilda “Jizzax” EIZda işga tuşirilişi belgilangan, umumiy qiymati 19 mln dollarni taşkil etuvçi «Italceramica» MÇJ hamda «CITI B&T» Italiya kompaniyasi ham sirlangan va bezakli keramik toştaxtalar işlab çiqarişni yölga qöyadi. Mazkur sex yiliga 3 mln kvadrat metr mahsulot işlab çiqarişga möljallangan.

Özbekiston içki bozorida keramik toştaxtalarga bölgan yillik talab esa taxminan 10 mln kvadrat metrni taşkil etadi.