14:57 / 12.08.2015
6439

Qozog‘istonlik ona to‘rt egiz farzand ko‘rdi

Qozog‘istonning Olma-Ota shahrida istiqomat qiluvchi 35 yoshli Bayan Abdullina to‘rt nafar egiz farzand ko‘rdi. Bu haqda Tengrinews.kz resursi xabar bermoqda.

Uch qiz va bir o‘g‘il 6 avgust kuni dunyoga kelishdi. 10 kundan keyin ular tug‘ruqxonadan chiqib ketadi.

Abdullinaning aytishicha, 2015 yil fevralida shifokorlar uning biryo‘la uch farzand ko‘rishini aytishgan. Ammo bir haftadan keyin boshqa shifoxonada uning qornida uch emas, to‘rt jon ulg‘ayayotganini aniqlashdi.

Bolalarga hozircha ism qo‘yilmadi. Abdullina shu paytgacha uchta o‘g‘il ko‘rgan edi. Shu tariqa, uning farzandlari soni yetti nafarga yetdi.

Top