12:49 / 12.08.2015
6649

Toshkentda Nexia bilan to‘qnashgan Lacetti ag‘darilib ketdi

11 avgust kuni Toshkentning Yunusobod tumanida, Usta Shirin va Sadriddin Yo‘ldoshev ko‘chalari chorrahasida Nexia va Lacetti avtomobillari to‘qnashib ketdi.

Facebook ijtimoiy tarmog‘ining «Voditeli Tashkenta» guruhi a'zolari tomnonidan joylashtirilgan suratlarda Nexia’ning old qismi pachoq bo‘lgani, Lacetti esa ag‘darilib yotganini ko‘rish mumkin.

Voqea guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, rulda yosh yigitlar bo‘lgan, jabrlanganlar yo‘qligi aytilgan.

Avtohalokat 11 avgust kuni soat 18:00 va18:30 oralig‘ida sodir bo‘lgan. Xabarga izoh bildirgan foydalanuvchilar ushbu chorrahaga svetofor o‘rnatish lozimligini ta'kidlashgan.

Top