Toshkentdan Issiqko‘l bo‘yidagi Baliqchi shahriga yangi sayyohlik poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ sayti orqali axborot berildi.
Aytilishicha, poyezd 16, 23, 30 avgust, yakshanba kunlari soat 13:27da Toshkentdan jo‘nab ketadi. Baliqchidan qaytadigan reys 18, 25 avgustYu 1 sentabr, seshanba kunlari soat 2:55ga belgilangan.
Poyezd qatnovi bundan keyin ham davom etish yoki etmasligi haqida axborot berilmadi.