10:58 / 13.08.2015
2198

AQShning sobiq prezidenti Jimmi Karter jigar saratoniga chalingani aniqlandi

AQShning sobiq prezidenti Jimmi Karter jigar saratoniga chalingani aniqlandi. Bu haqda Associated Press agentligi xabar bermoqda.
Ilgariroq Karter jarrohlik amaliyotidan o‘tib, uning davomida jigarining bir qismi olib tashlangan edi. Shifokorlar sobiq prezidentning tez orada oyoqqa turib ketishini ma'lum qilishgan edi. Ammo endilikda uning xastaligi jiddiyroq ekanligi aniqlandi.
Aytilishicha, ayni paytda Karter davolanish kursini o‘tamoqda.

Top