08:10 / 13.08.2015
3566

Facebook Twitter bilan yangiliklar yetkazishda raqobatlashishga qaror qildi

Facebook kompaniyasi Twitter tamoyilida ishlovchi mobil dasturni yaratmoqda: bu dastur qisqa va muhim xabarlarni tarqatish uchun mo‘ljallangan. Bu haqda Business Insider o‘z manbasiga iqtibos keltirgan holda xabar bermoqda.

Ushbu xizmat foydalanuvchi hamkor nashrlar tomonidan yoritilayotgan mavzularni tanlash, ularga obuna bo‘lish va yangi yangilik paydo bo‘lishi bilan ularni olish imkonini beradi. Qandaydir muhim voqea ro‘y berganda nashrlar ushbu dastur orqali foydalanuvchilarni bundan tezda xabardor etadilar.

Xabarlar 100 ta belgidan (Twitter’da 140 ta belgi) iborat matndan va OAV saytidagi material saqlanadigan sahifaga yo‘naltiruvchi havoladan tashkil topadi. Shu tariqa shoshilinch xabar Tvitterdagi tvitlar kabi tezda tarqaladi. 

Manbaning ma'lumotlariga ko‘ra, ayni paytda dastur sinovdan o‘tkazilmoqda. Bu dasturda maqolalariga kirish mumkin bo‘lgan ilk nashrlar tanlab olindi.

Top