15:46 / 13.08.2015
3505

Gonkongda qariya falaj turmush o‘rtog‘ini yoqib yubordi

Gonkongda istiqomat qiluvchi 60 yoshli keksa erkak o‘zining falajlangan turmush o‘rtog‘ini yoqib yubormoqchi bo‘ldi. Bu haqda The South China Morning Post nashri xabar berdi.

Ism-sharifi oshkor qilinmayotgan erkak bir necha yil avval boshidan o‘tkazgan infarkt tufayli falajlanib qolgan 53 yoshli turmush o‘rtog‘ining hayotiga nuqta qo‘ymoqchi bo‘lgan. U ayolining ustiga oson yonadigan bo‘yoq erituvchini quyib, yoqib yuborgan. Biroq bir necha daqiqadan so‘ng o‘ylab ko‘rib, olovni o‘chirib, politsiyaga qo‘ng‘iroq qilgan va o‘z aybiga iqror bo‘lgan.

Quyish jarohatini olgan ayol tezda shifoxonaga yotqizilgan, uning holati me'yorida deb baholangan. Politsiyaning aniqlashicha, uning eri so‘nggi yillarda turmush o‘rtog‘ini yaxshi parvarish qilgan, hattoki uning uchun restorandagi ishini ham tashlagan. Ayni paytda qariyalarning bir necha yil muqaddam ota-ona uyini tark etgan farzandlari qidirilmoqda. Erga esa qasddan odam o‘ldirish aybi qo‘yilgan.

Top