10:23 / 13.08.2015
2112

Indoneziya prezidenti hukumatdagi yetakchi iqtisodchilarni ishdan bo‘shatdi

OAV ma'lumotlariga ko‘ra, Indoneziya prezidenti Joko Vidodo harbiy tuzilmalar, Dengiz ishlari vazirligi va Milliy taraqqiyotni rejalashtirish vazirliklarida ham xodimlar o‘zgarishlarini amalga oshirdi. Bu haqda Frans Press agentligi ma'lum qildi.

Prezident Joko Vidodo stagnatsiya (ishlab chiqarishdagi sustlik) davom etayotgan sharoitda hukumatdagi muhim iqtisodiy lavozimlarga yangi shaxslarni tayinlash haqida qaror qabul qildi.

Jumladan, bo‘shab qolgan iqtisod vaziri lavozimida markaziy bankning sobiq rahbari Darmin Nasution, to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar bozori nazoratchisi Tomas Lembong esa savdo vaziri lavozimiga tayinlandi.

Agentlik xabariga ko‘ra, prezidentning bunday qaror qabul qilishiga Vidodoning 2014 yili hokimiyat tepasiga kelganidan so‘ng Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlari ichida eng kuchli iqtisodni va'da berganiga qaramasdan davom etayotgan iqtisodiy pasayish sabab bo‘lgan.

Top