09:36 / 13.08.2015
2920

O‘zbek olimlari harakat vaqtida vaznni o‘lchash uchun bunker tarozisini ixtiro qilishdi

"AVTOMATIZIROVANNIYE SISTEMI IZMERENIYA" mas'uliyati cheklangan jamiyati xodimlari "Harakat vaqtida vaznni o‘lchash uchun bunker tarozisi"ni ixtiro qilishdi.

Mazkur uskuna harakatdagi materialni tortish va dozalashda foydalanish uchun mo‘ljallangan. Uning vazifasi harakatdagi materialni tortish va dozalash aniqligini oshirishdan iborat hisoblanadi.

Tarozi vazn o‘lchash datchiklariga o‘rnatilgan vazn o‘lchash, ustki vazn o‘lchash hamda ostki vazn o‘lchash bunkerlariga ega. Vazn o‘lchash va ustki vazn o‘lchash bunkerlari o‘zlarining pastki qismlarida uzatmalari kabel tarmog‘i orqali boshqarish bloki bilan ulangan zatvorlar bilan ta'minlangan. Ustki vazn o‘lchash va ostki vazn o‘lchash bunkerlari elastik elementlarda, masalan, prujinalarda o‘rnatilgan. Bunkerlarda uzatmalari kabel tarmog‘i orqali boshqarish bloki bilan ulangan ag‘dargichlar o‘rnatilgan.

Ixtiro mualliflari - S.V.Savkin va N.V. Abramovga ushbu bunker tarozisi uchun № IAP 05058 raqamli patent berildi.

Top