17:30 / 13.08.2015
3957

O‘zbekistonlik temir yo‘lchilar vagonlarni ta'mirlash bo‘yicha Qozog‘iston bozorining katta qismini egallashni rejalashtirmoqda

Toshkent yo‘lovchi vagonlarni qurish va ta'mirlash zavodi yaqin yillarda Qozog‘istondagi yo‘lovchi vagonlarni ta'mirlash bozorida yetakchi ishtirokchilardan biriga aylanishni rejalashtirmoqda.

Bir necha kun avval zavod Qozog‘istonning “Sari-arka” MChSh kompaniyasi uchun ilk yo‘lovchi vagonlarni ta'mirlashdan chiqardi. Xususan, vagon kuzovi, yurish detallari, suv bilan ta'minlash va isitish tizimi, eshiklar va zinapoyalar, elektr jihozlar va ichki interer ta'mirlandi.

“Qozog‘iston kompaniyasi bilan shartnoma biz uchun ushbu mamlakat bozoriga kirish va o‘z kuchlarimizni namoyon qilish uchun ruxsatnoma vazifasini o‘tadi. Boshqa tomondan, bizning hamkorlarimiz biz bajargan ishlarning yuqori darajada ekanligi va eng murakkab texnologik ishlarni bajarishga tayyorligimizni baholay oldilar. Vagonlar topshirilgandan keyin biz “Sari-arka” kompaniyasi bilan hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha muvaffaqiyatli muzokaralar o‘tkazdik. Bundan tashqari, Qozog‘istonning boshqa yirik kompaniyalari bilan ham uchrashuvlar tashkil etildi. Bu sa'y-harakatlar eksport salohiyatini oshirish va O‘zbekistonga xorijiy valyuta kelishini oshirishga imkon beradi”, deb aytdi zavod rahbarlaridan biri.

Top