02:23 / 13.08.2015
5358

The Daily Mail: Rossiya o‘quv mashg‘ulotlari soni bo‘yicha NATOdan o‘zib ketdi

Ekspertlarning fikricha, Rossiya va NATOning harbiy o‘yinlari davlatlar o‘rtasida ishonchsizlik muhitining kuchayishiga olib kelmoqda, deb yozmoqda The Daily Mail nashri.

Buyuk Britaniya nodavlat tadqiqot markazi European Leadership Network o‘zining tadqiqotlari natijalariga ko‘ra Rossiya va NATOning oxirgi katta miqyosdagi harbiy mashg‘ulotlari xuddi davlatlar qurollangan to‘qnashuvga tayyorgarlik ko‘rayotgandek ko‘rinish olganini ta'kidlamoqda.

“Aftidan, Rossiya NATO bilan NATO esa Rossiya bilan to‘qnashuvga tayyorgarlik ko‘rayotganga o‘xshaydi”, deb aytmoqda markaz direktori Iyen Kerns.

Bundan tashqari, tadqiqot natijalarining ko‘rsatishicha, Rossiyadagi mashg‘ulotlar ancha kattaroq ko‘rinish olgan.

Misol tariqasida shunday ma'lumotlar keltirilmoqdaki, ularga ko‘ra NATO joriy yilda 15 ming harbiy ishtirokida taxminan 270ta mashg‘ulot o‘tkazmoqchi bo‘lgan bir paytda Rossiya 80 ming kishini jalb qilgan holda 4000ta mashg‘ulot o‘tkazishni rejalashtirmoqda.

Rossiya bilan AQSh munosabatlaridagi sovuqlik bir yil avval Qrimning Rossiyaga qo‘shib olinishi sababli yuzaga kelgan edi. O‘shandan beri Rossiya harbiy qudratining kuchaytirilgani haqida bir necha marotaba ma'lum qilingandi. Rossiyada turli qo‘shinlar ishtirokida muntazam ravishda mashg‘ulotlar o‘tkazib turiladi. Yaqinda minglab rossiyalik razvedkachilar Rossiyaning janubiy viloyatlarida hamda Armanistonda mashg‘ulotlar o‘tkazishni boshladi. 

Top