09:56 / 13.08.2015
1991

Tojikiston giyohvand moddalar savdosiga qarshi kurashmoqda

Tojikiston qo‘shni Afg‘oniston hududidan kirib kelayotgan giyohvand moddalar oqimiga qarshi kurash yo‘lida jiddiy chora-tadbirlar ko‘rmoqda. 2013-2020 yillarda giyohvand moddalarning noqonuniy savdosiga qarshi kurash milliy strategiyasiga muvofiq mamlakat huquq-tartibot idoralari 2015 yilning birinchi yarmida 2.2 tonna narkotikni musodara qilishdi. Bu haqda giyohvand moddalar nazorati agentligi rahbari Rustam Nazarzoda matbuot anjumani chog‘ida bayonot berdi.
Bu ko‘rsatkich 2014 yilga nisbatan 11 foizga kamroqdir. Ammo bu tushish, Nazarzodaning fikricha, ishlarning susayganidan emas, balki afg‘onistonlik kontrabandachilarning kamroq mahsulot ishlab chiqarganidan dalolatdir. Yarim yillik hisobida esa, aksincha, o‘sish kuzatildi.
2014 yili Afg‘onistonda 6 400 tonna afyun chiqarildi. Uning 98 foizi mamlakatning janubiy, sharqiy va g‘arbiy qismlariga to‘g‘ri keladi.
Yanvardan iyungacha bo‘lgan davrda Tojikiston chegarachilari 657 kg giyohvand modda ushlab qolishdi. Chegara qo‘shinlari komandiri general-leytenant Rajabali Rahmonalining so‘zlariga qaraganda, shundan 46 kg geroin va 255 kg afyun xom ashyosidir.

Top