18:20 / 13.08.2015
1951

"Tottenhem" Beraxinoni xarid qilishiga ishonmoqda

Londonning "Tottenhem" jamoasi "Vest Bromvich"dan Saydo Beraxinoni transfer qilish bo‘yicha muzokaralarda muvaffaqiyatga erishishiga ishonmoqda.

"Vest Bromvich" ushbu yosh hujumchisi uchun 25 mln funt so‘ramoqda.

Qayd etish joizki, "shporlar" bu yozda transfer bozorida o‘tgan mavsumlardagi kabi faollik ko‘rsatishmayapti. Lekin jamoa o‘z safiga yuqori toifali hujumchi qo‘shib olishni niyat qilgan.

Daily Mail nashrida yozilishicha, "Tottenhem"dagilar Beraxinoning o‘zi "Uayt Xart Leyn"ga kelishga oshiqayotgani haqida gapirishmoqda.

Futbolchining ishtiyoqi evaziga bu transfer amalga oshishi oson kechishi kutilmoqda.
Ayni vaqtda "Tottenhem" futbolchi uchun so‘ralayotgan mablag‘ning yarmini, ya'ni 12,5 mln funtni berishga roziligini bildirgan.

Taxmin qilinishicha, 22 yoshli futbolchining transferi oxir-oqibat 18 mln funt evaziga amalga oshadi.

Ma'lumot uchun, burundilik ushbu hujumchi o‘tgan mavsumda "Vest Bromvich" safida 38 o‘yinda ishtirok etib, 14ta gol urgan hamda bitta golli uzatma muallifi bo‘lgan.

Top