15:22 / 13.08.2015
2581

Xitoy 2015 yilda eksport hajmi oshishini kutmoqda

Xitoydagi davlat Ommaviy axborot vositalari Savdo vazirligi ma'lumotlariga asoslangan holda mamlakatda 2015 yilning qolgan oylarida eksport hajmi ortib, import hajmining kamayish sur'ati sekinlashi kutilmoqda, deya xabar bermoqda.

Xitoy savdo sektorini qo‘llab-quvvatlash uchun yangi choralar to‘g‘risida bosh qotirmoqda, deya xabar beradi Sinxua agentligi vazir o‘rinbosari Chjan Tszi so‘zidan iqtibos keltirar ekan.

Ma'lumotlarga ko‘ra, Xitoy eksporti iyun oyida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 8,3 foizga, import hajmi esa 8,1 foizga kamaygan.

Top