Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jamiyat | 14:35 / 13.08.2015
7271
1 daqiqa o‘qiladi
Xitoydagi portlash bo‘yicha ma'lumot to‘playotgan CNN muxbiriga hujum qilindi
Xitoyning Tyantszin shahridagi oson yonuvchi mahsulotlar omborida vujudga kelgan portlashga oid syujyetlarni tasvirga olayotgan CNN telekanali muxbiri Uill Ripliga noma'lum shaxslar hujum qilishdi, deya xabar tarqatdi TASS.
Jurnalist shahardagi shifoxonalardan birida tasvirga olayotgan vaqtda bir guruh noma'lum shaxslar unga tashlanib, videokamerasini tortib olishga harakat qilgan.
Hodisa tafsilotlari o‘rganilmoqda.