12:30 / 14.08.2015
3671

AQShda aholiga ognemyotlar sotishga ruxsat berildi

AQShda oddiy fuqarolar uchun o‘tsochar qurollar sotilishiga ruxsat berildi. Bu haqda CNN xabar bergan.

Endilikda, AQShda bunday qurollarni sotib olish uchun maxsus hujjat ko‘rsatish talab qilinmaydi. AQShda ognemyotlar "ko‘ngilochar vosita" sifatida qabul qilinmoqda.

Xususan, Throwflame kompaniyasi 1599 dollarga 15 metr masofagacha olov chiqaradigan ognemyot modelini sotib olishni taklif qilmoqda.

O‘z navbatida, Ion Productions Team kompaniyasi 900 dollarlik ognemyotlarni taklif qilgan. Bu ognemyotning ta'sir qilish masofasi 7,5 metr.

Bunday vositalar AQSh pochta xizmati orqali ham yetkazib berilishi yo‘lga qo‘yilishi aytilgan.

Top